Samarqand viloyatida sportning " O‘zbek jang sanati" yo‘nalishi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi musobaqasida Pastdarg‘om tumanidan
Samarqand viloyatida sportning " O‘zbek jang sanati" yo‘nalishi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi musobaqasida Pastdarg‘om tumanidan 19-MTT da tarbiyalanayotgan 3,5 yoshli Shermatov Zafar va 6 yoshli Norboboyev Zafar sharafli 1-o‘rinni egallashdi. Ushbu muvaffaqiyatga bag‘ishlab ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda musobaqa g‘oliblari va boshqa ishtirokchilar hamda ularning murabbiyi Rasulov Ilhom tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Kiritilgan vaqti: 02/12/2019 14:23; Ko‘rilganligi: 808
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 19:07