Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining "ZOOM" platformasida yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish 2023-yil 5-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazira A.Aripov raisligida o'tkazilgan 1-sonli yig'ilish bayonining ijrosi to'g'risida bo'lib o'tdi. Yig'ilishda ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi. 

Yig'ilishdan so'ng Maktabgacha ta'lim bo'lim mudiri M.Bekova tumandagi DMTT direktorlariga navbatdan tashqari ta'til paytida tashkilotida issiqlik tizimlari, tashkilot hududlarini qarovsiz qolmasligi maqsadida mas'ul biriktirish to'g'risida topshiriqlar berib o'tdi. 


Kiritilgan vaqti: 06/01/2023 14:42;   Ko‘rilganligi: 115
 
Material manzili: https://pastdargommtb.uz/press/news/samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasining-zoom-platformasida-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 03/06/2023 18:42