Pastdarg‘om tuman Furqat mahallasida joylashgan 3-MTMda “Bolalarga bering dunyoni” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyat hokimligining 2018 yil 8 iyundagi 08/2-1202-raqami bilan ro‘yxatga olingan topshiriq xatining tumanda ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Pastdarg‘om tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda Pastdarg‘om tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi “Furqat” maxallasi 3-MTMda 2018 yil 4 iyul kuni “Bolalarga bering dunyoni” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ingliz va rus tillarida namoyish etilib “Vatan madxi”, “O‘zbekiston”, “Yurt” haqida she'rlar va raqslar ijro etildi. Bu tadbirda madaniyat xodimlari va maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi.
Oxirgi o‘zgarish: 04/07/2018 20:20; Ko‘rilganligi: 1143
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 18:46