Davlatimiz rahbarining xalqqa Murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edi. Joriy yilning 20-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi rejalashtirildi.
Yaqinda Davlat rahbari Andijon viloyati Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabida yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi va yuksak baho berdi. Joriy yilning 4-fevral sanasida Pastdarg‘om tumani hokimligi, xalq ta’limi va maktabgacha ta'lim bo'limlari faollaridan iborat delegatsiya a'zolari Andijon tajribasini o‘rganish uchun ushbu viloyatda bo‘lib o'tdi. Mehmonlar tashrifni Yangi Andijon massisvidagi 1-maktabdan boshlashdi.
Kiritilgan vaqti: 06/02/2023 14:34; Ko‘rilganligi: 62
Material manzili: https://pastdargommtb.uz/press/news/davlatimiz-rahbarining-xalqqa-murojaatnomasida-maktab-oquvchilarini-xorijiy-tillar-va-kasb-hunarga-orgatish-zaruratini-aytgan-edi-joriy-yilning-20-yanvar-kuni-otkazilgan-yigilishda-tuman-va-mahallalarning-xususiyatidan-kelib-chiqib-oquvchilar-maktabning-o
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 18:09
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 18:09