2019-yil 18-oktyabr kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy bog‘ida azim Samarqand kuniga bag‘ishlangan bayram sayllari bo‘lib o‘tdi
2019-yil 18-oktyabr kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy bog‘ida azim Samarqand kuniga bag‘ishlangan bayram sayllari bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida viloyatimizda samarali faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari
qo‘l mehnati ko‘rgazmalar va bolajonlar ishtirokida tayyorlangan konsert nomerlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu bayram tadbirida Pastdarg‘om tumanidagi 13, 15, 28, 45-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolajonlarning badiiy jamoalari ham o‘z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Bolajonlar tomonidan namoyish etilgan har bir chiqishlar shahrimiz aholisi va chet ellik mehmonlar tomonidan qiziqish bilan iliq kutib olindi.
Kiritilgan vaqti: 23/10/2019 08:19; Ko‘rilganligi: 844
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 17:39