Pastdarg'om tuman MTBga qarashli 7-sonli DMTT tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag'ishlagan tadbir bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda tumandagi qurilish ishlari olib borilayotgan 4 ta Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tuman hokimi o'rinbosari D.Mamatqulov, tuman MTB mudiri M.Bekova va tuman MTB mutaxassislari tomonidan monitoring o'tkazildi. O'rganish jarayonida qurilish ishlari olib borilayotgan Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o'rganildi.
Yaqinda Davlat rahbari Andijon viloyati Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabida yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi va yuksak baho berdi. Joriy yilning 4-fevral sanasida Pastdarg‘om tumani hokimligi, xalq ta’limi va maktabgacha ta'lim bo'limlari faollaridan iborat delegatsiya a'zolari Andijon tajribasini o‘rganish uchun ushbu viloyatda bo‘lib o'tdi. Mehmonlar tashrifni Yangi Andijon massisvidagi 1-maktabdan boshlashdi.
Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2023 -yil 23 dekabrdagi "2023-yilda sohada ta'lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari va pedagog-xodimlarining kasbiy tajriba almashish jarayonlarini tashkil etish tog'risidagi 132-sonli buyrug'i " ijrosini bajarish maqsadida Samarqand shaxar 50-sonli MTT direktori Pastdarg'om tuman 45-sonli MTT ga borib "O'zbekistonning qo'shni mamlakatlari" mavzusida tashkilotning tayyorlov guruhida ochiq mashg'ulot o'tkazdi.
Yig'ilish 2023-yil 5-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazira A.Aripov raisligida o'tkazilgan 1-sonli yig'ilish bayonining ijrosi to'g'risida bo'lib o'tdi. Yig'ilishda ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi.