Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Pastdarg‘om tuman Furqat mahallasida joylashgan 3-MTMda “Bolalarga bering dunyoni” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyat hokimligining 2018 yil 8 iyundagi 08/2-1202-raqami bilan ro‘yxatga olingan topshiriq xatining tumanda ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Pastdarg‘om tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda  Pastdarg‘om tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi “Furqat” maxallasi 3-MTMda 2018 yil 4 iyul kuni “Bolalarga bering dunyoni” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ingliz va rus tillarida namoyish etilib  “Vatan madxi”, “O‘zbekiston”, “Yurt”  haqida she'rlar va raqslar ijro etildi. Bu tadbirda madaniyat xodimlari va maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi.


Date added: 04/07/2018 20:07;   Views: 1072
 
URL of the material: http://pastdargommtb.uz/oz/news/pastdargom-tuman-furqat-mahallasida-joylashgan-3-mtmda-bolalarga-bering-dunyoni-nomli-manaviy-marifiy-tadbir-bolib-otdi
Time of printing: 17/10/2021 07:01