Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Jag'alboyli MFYda Bahora Ergasheva bugun mahallaning jajji bolajonlari uchun 25 o'ringa ega nodavlat xususiy oilaviy bog'chani ishga tushirdi.

Ochilish marosimida mahalla raisi, imom xatibi, mahalla faollari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

– Bunday imkoniyatlar yaratilayotganligidan barchamiz xursand, ayniqsa, ota-onalar. Nafaqat o'zim balki yana 3 nafar xotin-qizlarni muqim ish bilan ta’minladim, - deydi bog'cha rahbari Bahora Ergasheva. Darhaqiqat, farzandlarimizning bilimli va salohiyatli bo'lib kamolga yetishishlarida barchamiz birdek mas'ulmiz.


Date added: 26/03/2021 08:19;   Views: 167
 
URL of the material: http://pastdargommtb.uz/oz/news/jagalboyli-mfyda-bahora-ergasheva-bugun-mahallaning-jajji-bolajonlari-uchun-25-oringa-ega-nodavlat-xususiy-oilaviy-bogchani-ishga-tushirdi
Time of printing: 03/08/2021 08:25