Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Hurmatli guruh a'zolari. Karantin davrida tarbiyachilarni o‘z ustida ishlashi, bilim ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashi hamda ijodkor, iste'dodli tarbiyachilarni aniqlash maqsadida, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan “Ijodkor tarbiyachi” onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘zlari yasagan, to‘qigan, tikkan o‘yinchoqlar, didaktik materiallar bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ijodiy ishlar joriy yilning 28 may kuniga qadar tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi “Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish” sho‘ba mudirlari tomonidan umumlashtirilib, Boshqarmaning “Ta'lim sifati ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘limi” (Sh.Jomuratov) telegramm raqamiga yuboriladi..

Shuningdek, taqdim etilayotgan ijodiy ish aynan ishtirokchi tomonidan tayyorlanganligini asoslovchi (tayyorlash jarayoni ) 2 daqiqalik videolavha hamda ijodiy ishlar bo‘yicha qisqacha ma'lumot (ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi, ish manzili) taqdim etilishi so‘raladi.

Tanlov II bosqichda o‘tkazilib, quyidagicha amalga oshiriladi:

I-bosqichda yuborilgan videolavhalar boshqarmaning ekspert guruhi tomonidan tanlanadi;

II-bosqichda ekspertlar tomonidan tanlangan videolavhalar Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim tizimi va ota-onalar guruhida ovoz berish orqali g‘oliblar aniqlanadi.

Eslatma: (Tasarrufida 50 tadan ortiq maktabgacha ta'lim tashkiloti bor xududlar 5 nafar, qolgan xududlar 3 nafar ishtirokchilar videolavhalarini takdim etadi.

Date added: 25/05/2020 17:17;   Views: 223
 
URL of the material: http://pastdargommtb.uz/oz/news/hurmatli-guruh-azolari-karantin-davrida-tarbiyachilarni-oz-ustida-ishlashi-bilim-konikma-va-malakalarini-mustahkamlashi-hamda-ijodkor-istedodli-tarbiyachilarni-aniqlash-maqsadida-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-tomonidan-ijodkor-tarbiyachi-onlayn-ko
Time of printing: 10/04/2021 14:54