Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

528-son 19.07.2017 MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida nutqi, eshitishi va ko‘rishida yengil nuqsonlar bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi;
psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov saqlab qolinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017 yil 19 iyul,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlaydi.
3. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
4. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari
6. Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
7. Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta'limni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
3-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
8. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
9. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
10. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
12. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
14. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
4-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish
15. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
16. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
17. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat ko‘rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag‘batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatiga javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son)
18. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
5-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi
19. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
32. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me'yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.
33. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi.
34. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
35. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasasi quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi.
6-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritish tartibi
36. Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarni boshlang‘ich ta'limga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida to‘rt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
37. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida quyidagi qisqa muddatli guruhlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
Rivojlantirish guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi;
«Kelajakdagi o‘quvchi» guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi;
Integrallashgan guruh — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq bo‘lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalarga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularga ta'lim-tarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda sog‘lom bolalar bilan birgalikda uch nafardan ortiq bo‘lmagan «ruhiy rivojlanishi sust» tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja bo‘yicha ta'lim oladi;
«Muammoli bola» guruhi — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq bo‘lmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ta'lim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sog‘lom bolalar ham bo‘lishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy yetukligi saqlangan) soni 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari ham tashkil etilishi mumkin.
Qisqa muddatli guruhlarda bemor va nogiron bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
38. Quyidagilar qisqa muddatli guruhlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
39. Tarkibida qisqa muddatli guruh mavjud bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun, qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari bolalarning yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
40. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari muassis tomonidan ta'minlanadi.
41. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda, aholining ehtiyojiga hamda ta'lim jarayonini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab belgilanadi.
42. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish davlat maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini tashkil etish tartibi, bolalar ro‘yxati va ta'lim dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
43. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga ko‘ra bir xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish mumkin.
44. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berilgan yo‘llanmalar va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
45. Qisqa muddatli guruhlarni to‘ldirishda tanlov asosida hamda test sinovi bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
46. Qisqa muddatli guruhlar tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi.
47. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda kadrlar ta'minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari doirasida belgilanadi.
Qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,25 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
48. Qisqa muddatli guruhlarda bitta guruh hisobiga:
«Kelajakdagi o‘quvchi» guruhi uchun — 0,25 birlik o‘qituvchi-logoped;
Integrallashgan guruh uchun (15-20 nafar bolalar, shundan «ruhiy rivojlanishi sust» tashxisli — 3 — 5 nafar bolalar) — 0,25 birlik o‘qituvchi-defektolog;
«Muammoli bola» guruhi uchun (15 — 20 nafar bolalar, shundan 3 — 5 nafar nogiron bolalar) — 0,25 birlik o‘qituvchi-logoped yoki 0,25 birlik o‘qituvchi-defektolog qo‘shimcha shtat birliklari belgilanadi.
49. Qisqa muddatli guruhlarda ta'lim jarayoni shakli davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim dasturlarida belgilanib, maktabgacha yoshdagi bolaning alohida, shaxsan yo‘naltirilgan rivojlanishini ta'minlaydigan tez moslashuvchan shakl va pedagogik texnologiyani o‘z ichiga oladi.
50. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish bolalarning imkoniyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyatning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
51. Qisqa muddatli guruhlarda belgilangan tartibda ota-onalar hisobidan, asosiy faoliyatdan tashqari, qo‘shimcha ta'lim xizmatlari tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
52. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining buyrug‘iga muvofiq o‘quv yili yakunida amalga oshiriladi.
7-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
53. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
54. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
55. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
56. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
57. Ota-onalar:
o‘z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
58. Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
59. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
60. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
61. Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
62. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo‘yiladi.
63. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
64. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
65. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq hamda boshqa to‘lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo‘naltiriladigan mavjud mablag‘lar doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
8-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta'minoti
66. Muassis yoki u vakolat bergan organ davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida bo‘ladi. Muassasa o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
67. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
68. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
69. Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
70. Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovi miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To‘lov banklar orqali tegishli g‘aznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
71. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
72. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta'lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida pullik qo‘shimcha ta'lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
9-bob. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining javobgarligi
73. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi:
mazkur Nizomda va o‘z ustavida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalarning bajarilmaganligi;
ta'lim dasturlarining to‘liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlarining sifati;
ta'lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;
muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta'lim jarayoni vaqtidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
74. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida uning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya dunyoviy xarakterga ega.
75. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.
76. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
2. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
2-bob. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
3-bob. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
6. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
7. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
11. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
12. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
14. Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
15. Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
16. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti muassis tomonidan belgilanadi.
17. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
18. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
19. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun belgilangan me'yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
5-bob. Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
21. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.
22. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
23. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
25. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
26. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tegishli pedagogik ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi.
27. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
29. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
30. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
31. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
32. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son)
33. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta'lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
35. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti
36. Muassis nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
37. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
38. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta'minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
39. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
40. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
41. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga
3-ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiva qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim-tarbiya muhitini yaratish;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'limiga sifatli tayyorlash.
6. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish
7. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda xalq ta'limi hamda sog‘liqni saqlash hududiy organlari deb yuritiladi) tomonidan ma'lum hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga ehtiyojni birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari asosida tashkil etiladi.
Xalq ta'limi hamda sog‘liqni saqlash hududiy organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish mo‘ljallanayotgan hududdagi oxirgi 5 yil davomida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida tegishli nuqsonlarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan rasmiy statistik ma'lumotlar, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etilishi uchun munosib binoning mavjudligi, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi kabi asoslangan ma'lumotlar jamlanadi.
Xalq ta'limi hamda sog‘liqni saqlash hududiy organlari tomonidan tegishli asoslash bilan kiritilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
11. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ularning ixtisoslashuviga (yo‘nalishiga) ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
I tur: Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
II tur: Eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
III tur: Ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining muayyan turi bo‘yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etishda ularning har bir turi bo‘yicha alohida guruhlarda korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
14. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan tarkibi tasdiqlangan xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasi asosida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) roziligi bilan amalga oshiriladi.
15. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan xolislik, ochiqlik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillariga asoslangan holda qaror qabul qilinadi.
16. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning ota-onalari ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazadi;
ko‘rik davomida bola bilan bevosita muloqot qilish orqali davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bolaga jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni bo‘yicha qo‘yilgan tashxisning ishonchliligini, ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganadi;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni bo‘yicha xulosa beradi;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lish muddatini belgilaydi;
sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar haqidagi ma'lumotlarni aniqlaydi va hisobini yuritadi.
17. Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya raisi, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining maktabgacha ta'lim bo‘yicha mutaxassisi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi hisoblanadi.
18. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibiga oliy maxsus psixologik-pedagogik ma'lumotga hamda 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan psixonevrolog, pediatr, defektolog (logoped, surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog), nevrolog, psixolog hamda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining turiga ko‘ra ortoped, oftalmolog, otolaringolog shifokorlar kiritiladi.
19. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibi toq sondagi kamida 7 nafar a'zodan iborat bo‘ladi.
20. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, komissiya yig‘ilishi qaror qabul qilish uchun vakolatli hisoblanadi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yig‘ilishi rais tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
21. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning qarori uning a'zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning har bir a'zosi bir ovozga ega bo‘ladi, ularning ovozlari teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 3 — 7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:
1. Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) alaliya;
b) bolalar afaziyasi;
v) rinolaliya;
g) dizartriya ;
d) duduqlanish;
2. Eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) I — IV guruh karlik;
b) zaif eshituvchi bolalar;
3. Ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) ko‘zi ojizlar;
b) zaif ko‘ruvchi bolalar;
4. Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) psixik rivojlanishining orqada qolishi;
b) psixik-nutqiy rivojlanishining orqada qolishi;
v) bolalar autizmi;
5. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) aqliy rivojlanishda orqada qolishning yengil darajasi;
b) aqliy rivojlanishda orqada qolishning o‘rta darajasi;
6. Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar:
a) ortopedik jarohatlarning asoratlari;
b) idiopatik o‘zgarishlar (bo‘yin, ko‘krak, umurtqa);
v) skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz;
g) ko‘krak qafasi deformatsiyasining og‘ir shakllari — girdobsimon ko‘krak qafasi, botiq ko‘krak qafasi, etikdo‘z ko‘krak qafasi, ko‘krak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (ko‘krak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno);
d) oyoqlar deformatsiyasining og‘ir shakllari — «X» simon, «O» simon qiyshayishi;
e) tos-chanoq bo‘g‘imining tug‘ma nuqsonlari asoratlari (tos-chanoq bo‘g‘imi sohasidagi ortopedik operatsiyalardan keyingi holat);
j) tug‘ma maymoqlik, tug‘ma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida);
z) tayanch-harakatlanish a'zolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida);
i) bo‘g‘inlar rekurvatsiyasi;
k) xondrodistrofiya;
l) DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar;
m) gemioparez, monoparez, plegiyalar.
23. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga bolaning ota-onasi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onalarning arizasi;
ota va onaning pasporti nusxalari (ikki nusxa);
ota-onaning ish joyidan ma'lumotnoma (agar ishlasa);
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (ikki nusxa);
bola umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnagan bo‘lsa, uning jismoniy yoki psixik rivojlanishiga berilgan, muassasa mudir(as)ining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma asli va nusxasi;
bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasi bosh vrachi tomonidan imzolangan va muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan quyidagilarni o‘z ichiga olgan mufassal tibbiy xulosa:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning bolaning nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishiga tibbiy xulosasi (shifr bilan) va tavsifi;
logopedning xulosasi va logopatiya bo‘yicha to‘liq tavsifi;
nevrologning to‘liq ko‘rigi va xulosasi;
otolaringologning quloq, tomoq, burun a'zolarining holatiga tibbiy xulosasi va tavsifi (eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun audiogramma ma'lumotlari);
oftalmologning ko‘rish organi bo‘yicha tibbiy xulosasi va tavsifi (ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa);
ortoped vrachning tibbiy xulosasi (tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa);
yashash joyidan ma'lumotnoma.
24. Bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida tor mutaxassislar ulardagi nuqsonlarga xulosa berishlari uchun qo‘shimcha ravishda rentgen, UTT, EEG, MSKT, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va audiogramma xulosalari kabi asoslangan hujjatlarga asoslanishlari shart.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko‘rigida bolaga berilgan tibbiy xulosa yuzasidan tortishuvlar vujudga kelganda, bola qo‘shimcha tibbiy ko‘rikka yuboriladi.
25. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko‘rigidan o‘tayotgan bolaning ota-onasi pasporti bo‘yicha propiska qilingan manzildan boshqa joyda yashayotgan taqdirda, tibbiy xulosa bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
26. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yuborilayotgan bolaga yashash joyidagi shifokorlar (tor mutaxassislar) tomonidan qo‘yilgan tashxis davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart.
27. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar va tibbiy xulosaning haqiqiyligiga uni imzolagan shifokor (tor mutaxassis) va bosh shifokor shaxsan javobgar hisoblanadi.
28. Bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko‘rigidan tegishli hujjatlar qabul qilib olinganidan boshlab bir oy muddatda o‘tkaziladi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagan hollarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan topshirilgan hujjatlarni tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
30. Bolada aniqlangan jismoniy va psixik nuqsonlar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi (keyingi o‘rinlarda xulosa deb yuritiladi) boladagi nuqsonning og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 oy, 1 yil yoki 2 yil muddatga beriladi.
Shu muddat ichida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan qayta tibbiy ko‘rik o‘tkazilib xulosa berilishi mumkin.
31. Bolani qayta ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari tibbiy xulosaning tasdiqlanishi, boladagi jismoniy va psixik nuqsonlarning og‘irlik darajasi, o‘z-o‘ziga xizmat qila olishi, ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta'lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi, atrofdagilarga jismoniy yoki psixologik tahdid solmasligi, korreksion ta'lim-tarbiya jarayoni natijaviylik davrining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi.
32. Xulosada bolaning davolash-profilaktika muassasasi tomonidan dispanser nazoratiga olinganligi bo‘yicha qayd, tibbiy xulosa bergan davolash-profilaktika muassasasi ma'lumotlari asoslovchi hisoblanadi.
Shuningdek, xulosada bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va ota-onasining pasporti ma'lumotlari, bolaga qo‘yilgan tashxis, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida korreksiya olib borish muddati, ta'lim tili hamda to‘lov turi ko‘rsatiladi.
33. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga xulosa ota-onalarga bir hafta muddatda topshiriladi.
34. Xulosa berilgan kundan boshlab 7 kun muddat ichida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga topshirilishi lozim.
35. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga topshirilgan hujjatlar ikki nusxada: ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyada maxsus seyflarda saqlanib, uning hisob-kitobi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi mudir(as)i, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi tomonidan olib boriladi.
Hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi mudir(as)i bolani muassasaga xulosa asosida qabul qilinishi hamda o‘z muddatida qayta ko‘rikka yuborilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
organik, epileptik, shizofrenik aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning chuqur shakllari;
sistematik kuzatuv va davoga muhtoj talvasa paroksizmlari;
enurez va enkopress kasalliklar;
yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklarining qo‘zg‘alish va dekompensatsiya bosqichi;
ensefolopatik jarohatdan keyingi sudorogalar;
sil kasalliklariga chalingan bolalar.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida korreksion ta'lim-tarbiya mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
39. Ta'lim-tarbiya jarayoni maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq holda belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, korreksion pedagogik dasturlar va uslublardan foydalanilgan holda olib boriladi.
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
41. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta'lim-tarbiya olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ta'lim-tarbiya jarayonida tashxisning qo‘yilishiga maxsus yondashuv;
ta'lim-tarbiyaning nuqsonlarni korreksiya qilishga yo‘naltirilganligi;
ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda individual yondashuvni amalga oshirish.
42. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida korreksion ta'lim-tarbiya berish jarayoni bolalarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
43. Nuqsonlarni korreksiya qilish va ular bilan bog‘liq bola rivojlanishining o‘ziga xosliklarini bartaraf etish kun tartibi va ta'lim jarayonida amalga oshiriladi.
44. Guruh va korreksion ta'lim xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta'minlanadi.
45. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida mashg‘ulotlar butun guruh, kichik guruhlarda va yakka tartibda olib boriladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilishi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq me'yorlarga ko‘ra belgilanadi.
47. Qo‘shimcha guruhlarni ochish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
48. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sog‘lig‘i va intellekti, jismoniy, psixik yoki aqliy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maktab ta'limiga yo‘naltiriladi.
49. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni korreksion pedagogika, shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyat sohasi bo‘yicha tegishli malaka oshirish kurslaridan o‘tgan pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
50. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta'minlash muassasa shtatidagi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida davolash-sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish
51. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari shtatidagi tibbiyot xodimlari hamda mazkur muassasalarga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarni tegishli tibbiy xulosalari asosida qabul qilinishi, ularning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
52. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarni davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini olishga va salomatligini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
53. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari:
bolalarning sog‘lig‘i va rivojlanish xususiyatlarini e'tiborga olgan holda yondashishga pedagoglarga ko‘maklashadilar;
bolalarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar beradilar;
ota-onalarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar beradilar.
54. Tibbiy sog‘lomlashtirish muolajalari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida har bir bolaga rivojlanishidagi nuqsoni bo‘yicha alohida tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach, ota-onalarga undan ko‘chirma beriladi.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida fizioterapiya yordamida davolash, massaj, jismoniy mashqlar va chiniqtirish ishlari olib boriladi.
57. Davolash-jismoniy tarbiya mashqlari davolash-jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan o‘tkaziladi.
58. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
59. Sog‘liqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlari shtatlarini to‘ldirishda, ularning malakasini oshirishda hamda davolash-sog‘lomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida keng joriy qilishda, ularga maslahat yordami berish uchun malakali mutaxassislarni jalb etishda mas'ul hisoblanadi.
5-bob. Ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari
60. Bolalar, ota-onalar, pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
61. Bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovi miqdori va to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To‘lov belgilangan tartibda banklarda ochilgan hisob raqamlariga to‘lanadi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnomada bolalarni muassasaga qabul qilish va kun davomida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilab qo‘yiladi.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi pedagog xodimlari va tarbiyalanuvchilarining huquq va majburiyatlari ushbu muassasaning ustavida belgilanadi.
64. Tegishli soha bo‘yicha ma'lumotga, kasb tayyorgarligiga, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog-tarbiyachilari bola shaxsini shakllantirish, undagi nuqsonlarni korreksiyalash, nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lgan bilish faoliyatidagi o‘ziga xosliklarini me'yorga keltirish, bu toifa bolalarning bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.
66. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari bola rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida defektolog va tegishli shifokorlarning ishlarini davom ettiradi, bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanish xususiyatlarini e'tiborga olgan holda individual yondashuvni amalga oshiradi, o‘z guruhidagi bolalarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa ma'muriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va bolalarning psixofiziologik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tadbirlari o‘tkazilishi, bolalarni chiniqtirish, ularning sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.
68. Ota-onalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya faoliyati, o‘z bolalariga berilayotgan ta'lim va ko‘rsatilayotgan tibbiy-korreksion yordam bilan tanishish huquqiga egadir.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish
69. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir bevosita rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga muvofiq tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
70. Mudir:
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
bo‘ysunuvidagi mas'ul xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ta'lim-tarbiya va korreksion ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bilan bog‘liq alohida masalalarni hal etishga doir takliflarni vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mudir har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son)
71. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik, metodik va tibbiy-psixologik-pedagogik kengashlar tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasaning mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
72. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Badal to‘lovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
73. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan va tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
74. Shtat jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishning o‘rtacha sutkalik ratsional normalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta'minlanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoida
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish o‘quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa ta'lim muassasalariga ko‘chirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan ota-onalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilish
ME'YORLARI

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining turi va tarbiyalanuvchilarning toifasi

Guruhlarning tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilishi

tarbiyalanuvchilarning minimal soni

tarbiyalanuvchilarning maksimal soni

1-tur:

Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun

15

18

2-tur:

Eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar

I- IV guruh karlik

8

10

Zaif eshituvchi bolalar

10

12

3-tur:

Ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar

Ko‘zi ojizlar

8

10

Zaif ko‘ruvchilar

10

12

4-tur:

Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar(psixik rivojlanishi orqada qolgan, psixik-nutqiy rivojlanishi orqada qolgan, autistlar)

10

12

5-tur

Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar

Yengil darajadagi aqli zaif bolalar

8

12

O‘rta darajadagi aqli zaiflar

6

10

6-tur:

Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun

Ortopedik jarohatlarning asoratlari, idiopatik o‘zgarishlar (bo‘yin, ko‘krak, umurtqa), skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz, ko‘krak qafasining deformatsiyasining og‘ir shakllari — girdobsimon ko‘krak qafasi, botiq ko‘krak qafasi, etikdo‘z ko‘krak qafasi, ko‘krak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (ko‘krak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno), oyoqlar deformatsiyasining og‘ir shakllari — «X» simon, «O» simon qiyshayishi, tos-chanoq bo‘g‘imining tug‘ma nuqsonlarining asoratlari, tos-chanoq bo‘g‘imi sohasidagi ortopedik operatsiyalaridan keyingi holat), tug‘ma maymoqlik, tug‘ma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida), tayanch-harakatlanish a'zolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida), bo‘g‘inlar rekurvatsiyasi, xondrodistrofiya

15

18

DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar

8

10

Gemioparez, monoparez, plegiyalar

10

12

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga
4-ILOVA
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining (keyingi o‘rinlarda tarbiyalanuvchilar deb yuritiladi) sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o‘rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
2-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi va vazifalari
3. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va barkamol o‘sishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste'mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
4. Quyidagilar maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishini tashkil etish;
tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat'iy rioya etish.
3-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar
5. Quyidagilar maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishni bevosita maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshirish;
tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni ularning xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirish.
Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari mudirlari hamda ta'lim muassasalari rahbarlari mas'ul hisoblanadi.
4-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish
6. Oshxonalarda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq ravishda tuzilgan, mazkur Nizomning 1-ilovasidagi taomnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan berilgan namunaviy taomnomalar asosida tarbiyalanuvchilar uchun o‘n kunlik taxminiy taomnomalar oldindan tuziladi;
taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi ish kuni uchun soat 16.00 ga qadar hamshira tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi va ombor mudiri yoki omborchi ishtirokida tuziladi;
taomnoma asosida keyingi kun uchun oziq-ovqat mahsulotlari ombor mudiri yoki omborchi tomonidan hamshira yoki navbatchi tarbiyachi ishtirokida ish kuni tamom bo‘lguniga qadar oshxonaga beriladi;
taomnoma bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o‘rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda, ikki nusxada tuziladi;
joriy kunda ertalab soat 9.00 ga qadar maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgan tarbiyalanuvchilar soni taomnomada nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar sonidan 5 foiz va undan yuqori miqdorda farq qilgan taqdirda, guruh tarbiyachilarining tarbiyalanuvchilar soni to‘g‘risidagi bildirishnomalari asosida taomnomaga o‘zgartirish kiritiladi;
taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida to‘g‘ri tuzilganligi hamshira va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi;
taomnomaning bitta nusxasi hamshiraga, ikkinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi;
kunlik tayyorlanadigan taom turlari va bir tarbiyalanuvchi uchun taom miqdori maxsus ovqat tarqatish joyiga yozib qo‘yiladi;
tarbiyalanuvchilar uchun taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi;
taomnoma oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ketma-ketlikda yozish orqali shakllantiriladi, bunda oziq-ovqat mahsulotlari turlari non bilan boshlanib, tuz bilan tugatiladi.
7. Kunlik taomnomalar tuzishda bir nafar tarbiyalanuvchiga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori maktabgacha ta'lim muassasasining xarajatlar smetasida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar miqdoriga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.
8. Maktabgacha ta'lim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar uchun taomnoma alohida tuziladi va tasdiqlanadi.
9. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun har o‘n kunlik taomnomalar blankalari oldindan raqamlanadi, maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri va hisobchisi tomonidan imzolanadi, muhrlanadi va alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
10. Maktabgacha ta'lim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha brakeraj komissiyasi (keyingi o‘rinlarda brakeraj komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Brakeraj komissiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi maktabgacha ta'lim muassasasi mudirining buyrug‘i har o‘quv-tarbiya yili uchun alohida qabul qilinadi.
11. Maktabgacha ta'lim muassasasi hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo‘lib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, muassasa kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) vakillari a'zo sifatida kiritiladi.
12. Brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda o‘rganib boradi. O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi brakeraj daftarida qayd etiladi.
13. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma'lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Brakeraj daftarining yuritilishi brakeraj komissiyasi a'zolari tomonidan monitoring qilib boriladi.
14. Brakeraj daftari tikilgan, nomerlangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi shart.
15. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi, daftar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.
16. Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini ta'minlash maqsadida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari yuritiladi.
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqti, muassasaga qabul qilingan vaqti va oxirgi ishlatish muddati haqidagi ma'lumotlar qayd etib boriladi.
Daftar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. Daftarning birinchi sahifasida tez buziluvchi mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
17. Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarining yuritilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri va hamshirasi bevosita mas'ul hisoblanadi.
18. Oshxonada tayyor bo‘lgan taom tarbiyalanuvchilarga tarqatilishidan 15-20 daqiqa oldin maktabgacha ta'lim muassasasi hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi.
19. Olingan sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda muzlatgich yoki boshqa sinama sifatiga ta'sir qilmaydigan sharoitda to‘liq bir sutka saqlanadi.
20. Maktabgacha ta'lim muassasasiga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin muassasa ombor mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi.
21. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishda brakeraj komissiyasi a'zolari tomonidan mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
22. Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi.
23. Omborxonaga keltirilgan va kunlik taomnoma asosida oshxonaga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftariga yozib qo‘yiladi.
Daftarning yuritilishi uchun ombor mudiri bevosita mas'ul hisoblanadi.
24. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida omborxonaga keltirilgan va oshxonaga topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari nomma-nom yozib boriladi. Bunda har bir oziq-ovqat mahsuloti uchun alohida varaq yuritiladi.
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldig‘i har kuni belgilab boriladi.
25. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.
26. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga nisbatan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish darajasi oyma-oy tahlil qilib boriladi hamda choraklik tahlil natijalari chorak yakunlanganidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga topshiriladi.
Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan ta'minlanish darajasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan ta'minlanish darajasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga topshiriladi.
5-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning kunlik ovqatlantirish narxlarini belgilash
27. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishi hududiy tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobga olingan holda tashkil qilinadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining xarajatlar smetasida choraklar kesimida ko‘rsatilgan mablag‘ni muassasaning bir chorak mobaynidagi ish kunlariga bo‘lish orqali muassasada bir kunda sarflanadigan mablag‘ miqdori chiqariladi va ushbu mablag‘ doirasida taomnoma qiymati belgilanadi.
28. Tarbiyalanuvchining maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari ham tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishga qo‘shimcha ravishda yo‘naltiriladi. Bunda har bir tarbiyalanuvchiga taomnoma asosida beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori belgilangan kunlik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.
29. Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki muassasaning byudjetidan tashqari mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmasligi lozim.
6-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish
30. Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining mazkur muassasada ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida amalga oshiriladi.
31. Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari taomnoma bo‘yicha tushlik uchun beriladigan birinchi taom, choy va non hisobidan ovqatlanadilar.
32. Taomnomada haqiqatda ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori va qiymati ko‘rsatiladi.
33. Joriy oyda xodimlarning maktabgacha ta'lim muassasasi hisobidan ovqatlanishi uchun bir oylik to‘lov miqdori oldingi oyda tuzilgan taomnoma bo‘yicha xodimlarga sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqatda ovqatlangan xodimlar o‘rtacha soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
34. Xodimlarning maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanganligi uchun to‘lovlar joriy oyning 10-sanasidan kechiktirmay banklarga to‘lanadi hamda to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha ta'lim muassasasiga taqdim etiladi.
Xodimlarning maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanganligi uchun to‘langan mablag‘lar maktabgacha ta'lim muassasalarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ulardan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
35. Xodimlarning maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanganligi uchun to‘lovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda bo‘lgan kunlari e'tiborga olinadi.
Xodimning ishda bo‘lmagan kunlari uchun undirilgan to‘lovlar keyingi oy uchun to‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.
36. Xodimlarning maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanganligi uchun amalga oshirgan to‘lovlari to‘liq oziq-ovqat xarajatlariga yo‘naltiriladi.
7-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlarning vazifalari
37. Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri:
tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga hamda ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash ishlariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
tarbiyalanuvchining maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari va davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
maktabgacha ta'lim muassasasi hisobchisi bilan birgalikda bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilash, taomnoma blankalarini raqamlash, muhrlash, omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlari hisobini olib borish, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishi va tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari vaqtida va to‘liq to‘lab borilishini ta'minlaydi;
ota-onalar yig‘ilishlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishi uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish darajasi to‘g‘risida har chorakda bir marta hisobot berib boradi;
har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar o‘rtasida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish darajasini baholash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
maktabgacha ta'lim muassasasidagi brakeraj komissiyasining tarkibini tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga o‘zgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi.
38. Maktabgacha ta'lim muassasasi hamshirasi:
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish qoidalariga amal qilinishini hamda iste'molga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning taomlarni tayyorlashda to‘g‘ri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan me'yorlar asosida sarflanishini ta'minlaydi;
tarbiyalanuvchilarning tasdiqlangan muassasa rejimiga asosan ovqatlantirilishini tashkil etadi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha ta'minlanishi yuzasidan har o‘n kunlik hisobotini yuritadi;
yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi;
tayyor taomlardan sinama olish, organoleptik (hid bilish, ta'm bilish, ko‘rish) usul asosida baholash va jurnalga qayd etish hamda taomlardan olingan sinamalarni talab etilgan darajada saqlanishini ta'minlaydi;
ombor mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
39. Maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi:
maktabgacha ta'lim muassasasidagi taomnoma asosida taomlarni tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilarning yoshlariga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatadi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta'minlaydi;
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining xarakteristikasi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda ularni organoleptik usul orqali sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qiladi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
40. Maktabgacha ta'lim muassasasi ombor mudiri (omborchi):
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi va ularni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qiladi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib yetkazib beruvchilarga buyurtmalar shakllantirishda ishtirok etadi;
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oshxonaga beradi;
etkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yuk xatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini o‘lchaydi va sifatini ko‘zdan kechiradi;
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat xarakteristikasiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini yuritadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
8-bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish
41. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari hamda ta'lim muassasalari vakolatlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, jumladan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini tahlil qilib borish;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish;
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yig‘ilishlarda prokuratura, moliya, sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borish;
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bo‘lmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish.
42. Hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
Olib borilgan nazorat ishlari har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yig‘ilishlarda muhokama etiladi va tegishli tadbirlar belgilanadi.
9-bob. Yakuniy qoida
43. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga mas'ul xodimlarning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan o‘quv dastur va reja asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

TASDIQLAYMAN
_______-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mudir(as)i ____________________________ (F.I.O.)
____________________ M.O‘.
(imzo)

TAOMNOMA
(20___ yil ____________ ______________ uchun)

(sana)

(oy)

__________-guruh
Tarbiyalanuvchilar soni ________ nafar
Ovqatning nomlanishi

Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun ovqat hajmi

Non

Choy

...

...

...

... ... ... ... ... ...

Tomat

Tuz

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

*Kechki ovqat

1 nafar tarbiyalanuvchi uchun

Jami mahsulot miqdori

Mahsulot narxi

Sarflangan mablag‘ miqdori

Jami sarflangan mablag‘ miqdori _______________
Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflangan mablag‘ miqdori ____________________
Izoh: 12 va 24 soatli ish tartibi joriy etilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hamshira __________ Ombor mudiri ____________ Oshpaz _______________
(imzo)

(imzo)

(imzo)

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifati haqida ma'lumotlarni qayd etish
BRAKERAJ DAFTARI

Tayyor ovqatning nomlanishi

Baholanishi

Sinama olingan vaqti

Tibbiyot xodimi ruxsati

Imzo

taomnomaning bajarilishi

sifati

ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi

20___ yil ____ ____________

Nonushta

Tushlik

 

Ikkinchi tushlik

 

Kechki ovqat

 

20___ yil ____ ____________

Nonushta

Tushlik

 

Ikkinchi tushlik

 

Kechki ovqat

 

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
DAFTARI

Ta'minotchi yuridik shaxsning nomlanishi

Yuk xati raqami, mahsulotning kelgan vaqti va sanasi

Sifati tez buziluvchi mahsulotlar va ularning miqdori

Sifati haqida ma'lumot

Ishlatish muddatining oxirgi sanasi va vaqti

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

...

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
DAFTARI

(go‘sht)

Sana

Ishonchnoma raqami

Yuk xati raqami

Narxi

Kirim

Chiqim

Qoldiq

(sut)

Sana

Ishonchnoma raqami

Yuk xati raqami

Narxi

Kirim

Chiqim

Qoldiq

(Yog‘)

Sana

Ishonchnoma raqami

Yuk xati raqami

Narxi

Kirim

Chiqim

Qoldiq

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga 
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining «Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 24 iyundagi 313-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 6-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek 7, 8 va 10-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2007 yil 25 oktyabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 10-son, 60-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining «Davlat maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2010 yil 18 iyundagi 117-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 32-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining «Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 28 fevraldagi 50-son hamda «Xalq ta'limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» 2011 yil 1 martdagi 52-son qarorlari)» 2011 yil 20 iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 6-son, 55-modda) ilovaning 12-bandi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 30-son, 732-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son, 31.03.2018 y., 09/18/244/0959-son)

Date added: 04/07/2018 08:53;   Views: 1993
 
URL of the material: http://pastdargommtb.uz/oz/documents/528-son-19072017-maktabgacha-talim-muassasalarining-faoliyatini-takomillashtirish-togrisida
Time of printing: 17/10/2021 06:11